Light | 19:48 / 23.05.2016
22626
1 daqiqa o‘qiladi
Bolalarga yaxshi hamroh bo‘luvchi jajji tulporlar
Jajjigina otlar — qishloqda yashovchi insonlar uchun mos jonivorlardir. Ular bilan birga harakatlanish qulay va toychoqlar odatdagi otlarga nisbatan kam yegulik iste'mol qiladi. Bundan tashqari, jonivor bolalarga ot minishni o‘rgatishda yaqindan yordam beradi.
Kichik otlarning bo‘yi — yag‘rini bilan hisoblaganda 86-97 santimetr.
Ular juda ham jozibador va yoqimli bo‘lib, ko‘zi ojizlarga yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida xizmat ham qilishi mumkin.
Hurmatli ota-onalar, agarda uyingizda toychoq kishnashini istamasangiz, bolalaringizga ushbu suratlarni ko‘rsatmang!