Jahon | 16:06 / 23.05.2016
3356
1 daqiqa o‘qiladi
Bryussel aeroporti bojxona xodimlari vaqtincha qurollaridan mahrum etildi
Ikki nafar bojxonachi o‘rtasida kelib chiqqan nizo tufayli Bryussel aeroporti bojxona xizmati xodimlariga tabel qurollarini topshirish majburiyati yuklandi. Bu haqda Derner er gazetasiga tayanib TASS xabar qildi.
Nashrga ko‘ra, ushbu qaror bojxona xodimlaridan biri ikkinchisiga qurol bilan tahdid qilgandan keyin, nizoni yumshatish va jiddiy noxush hodisaning oldini olish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur taqiq aeroportning barcha 33 nafar bojxona xizmati xodimlariga ta'sir etdi.
Boshqa bojxonachilardan farqli o‘laroq, Belgiya poytaxti aeroporti bojxona xizmati xodimlari ancha yillardan buyon xavfsizlik nuqtai nazaridan qurollanib yuradi.