Erdo‘g‘an Davuto‘g‘lining iste'fosini qabul qildi
Ahmat Davuto‘g‘lining Turkiya bosh vazirligidan ketish bo‘yicha arizasi mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilingan. Bu haqda Anadolu xabar tarqatdi.
Prezident uning yangi hukumat shakllanguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etishini so‘ragan.
Bundan oldinroq, Turkiyada hukmron partiyaning yangi yetakchisi etib bir ovozdan transport vaziri Binoli Yildirim tanlangani haqida xabar berilgandi.
60 yoshli siyosatchi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan bir qatorda Adolat va taraqqiyot partiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Partiya s'yezdida unga 1405 delegat ovoz berdi.
Yildirim partiya rahbarligiga ko‘rsatilgan yagona nomzod edi.
U prezidentlik boshqaruvi tizimini ma'qullab chiqish qildi.
Ahmad Davuto‘g‘li prezident bilan kelishmovchiliklari fonida 5 may kuni partiya rahbarligi va mamlakat bosh vazirligidan iste'foga chiqishi haqida ma'lum qilgandi.