O‘zbekiston | 12:43 / 23.05.2016
4208
2 daqiqa o‘qiladi

Fond bozorida yangi dasturiy majmua sinovdan o‘tkazilmoqda

Koreya birjasi (Korea Exchange, KRX) O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida, mamlakat fond bozorining Yagona dasturiy-texnik majmuasini barpo etish uchun server va telekommunikatsion uskunalarni keltirish hamda o‘rnatish ishlarini yakunladi, deb xabar qilmoqda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Markazi. 

O‘tgan haftadan yangi majmuada, fond birjasi mutaxassislarini yangi tizim bilan ishlashga o‘qitish, Markaziy depozitariy, investitsion vositachilar, Milliy bank va boshqalar hamda qimmatli qog‘ozlar savdosiga o‘xshash sinov amaliyotlari va savdo namunalari (Mock market) bo‘yicha testlar boshlandi. 

Bundan tashqari, "Toshkent" Respublika fond birjasining yangi veb-sayti ustida ish olib borilmoqda.

KRX O‘zbekiston fond birjasi uchun qiymati 6 mln dollarlik Yagona dasturiy-texnik majmuani, O‘zbekiston prezidentining 2012 yil 19 martidagi qaroriga ko‘ra barpo etmoqda. Loyiha evaziga, KRX «Toshkent» Respublika fond birjasining 25 foiz minus 1ta aksiyasiga egalik qiladi.

2012 yili «Toshkent» fond birjasi nizom jamg‘armasi 1 mlrd dollardan 45 mlrd dollargacha oshirilgan edi.