Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bosh vaziri mamlakatni IShIDning bosh nishoni deb atadi
Fransiya vazirlar mahkamasi rahbari Manuel Valsning Isroil safari chog‘ida bergan bayonotiga ko‘ra, Fransiya IShID terrorchilik guruhi jangarilari uchun «birinchi raqamli nishon» bo‘lib qolmoqda. Bu haqda BFMTV telekanali xabar qilgan.
«Fransiya IShID uchun — birinchi nishondir. Uning tahdidlari hamon jiddiyligini saqlab qolyapti», — degan fransuz bosh vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, terrorchilik tahdidiga uchrayotgan barcha mamlakatlar, terrorizmga qarshi kurashga yuz foiz qo‘shilishi kerak.
Bundan avval, Fransiya ichki razvedkasi vakili Patrik Kalvar, IShID terrorchilari Fransiyada bir qator terroristik xurujlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida bayonot bergan edi.