Jamiyat | 19:12 / 23.05.2016
5448
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik yigit osmondan tushib, sevgilisi qo‘lini so‘ramoqchi bo‘lganida daraxtga osilib qoldi

Sevgilisining roziligini o‘ziga xos uslubda olishga ahd qilgan xitoylik parashyutchi daraxtga osilib qoldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar yozgan.

Voqea Xubey provinsiyasidagi Ichan shahrida yuz bergan. Erkak kishi romantika maqsadida parashyutdan sakragan. Biroq, kuchli shamol xitoylikni nishondan adashtirib, daraxtga tushirgan. 

U shoxlar orasida bir soat chamasi vaqtini o‘tkazgach, qutqaruvchilar yetib kelishgan. 

Yerga tushgan yigit sevgilisiga guldastani tutqazib, o‘ziga turmushga chiqishni so‘ragan. Ammo, uning barcha sa'y-harakatini jiddiy baholamagan qiz ortiga burilib, ketib qolgan.