Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xokkey bo‘yicha JCh: Finalda Kanada Finlyandiyadan ustun keldi
22 may kuni Moskva shahrida xokkey bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. O‘z tarixida 80-marta o‘tkazilgan jahon chempionatida Kanada terma jamoasi bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
Okeanorti vakillari hal qiluvchi final uchrashuvida Finlyandiya terma jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi.
Avvaliga birinchi bo‘limda Konnor Makdevid hisobni ochdi. O‘yinning oxirgi daqiqalarida Mett Dyusheyn finlarning bo‘shab qolgan darvozasini ishg‘ol qildi - 2:0.
Bu bilan Kanada o‘z unvonini saqlab qoldi. O‘tgan yili Chexiyada o‘tgan jahon chempionatida ham kanadalik xokkeychilar rossiyaliklarni mag‘lubiyatga uchratgan holda jahon chempioni bo‘lishgan edi.
Finlyandiya – Kanada 0:2 (0:1, 0:0, 0:1)
Shaybalar: 11:24 Makdevid (Dyusheyn) – 0:1, 59:59 Dyusheyn (Marshan) – 0:2
Zarbalar: 16 (7-4-5) – 33 (10-13-10)
Jarimalar: 6 (2-2-2) – 8 (4-2-2)
Finlyandiya: Kosinen (Saros); Pokka, Kiviste, Yaakola, Lindell, Xiyetanen, Oxtamaa; Koyvu, Axo, Layunen, Layne, Yokinen, Pyuyeryalya, Koskiranta, Pilstrem, Sallinen, Pullkinen, Barkov, Granlund, Komarov, Rantanen
Kanada: Talbo (Pikar); Sesi, Ellis, Metison, Tanev, Damba, Myurrey, Raylli; Xoll, Dyusheyn, Gallaxer, Domi, Brassar, Raynxart, Perri, Djyenner, Shayfli, Stoun, Marshan, O`Raylli, Makdevid.