Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ko‘pkurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ko‘pkurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Musobaqada vazirlik tizimidagi ta'lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari vakillari ko‘pkurash tarkibiga kiruvchi yetti sport turi bo‘yicha kuch sinashdi.
Umumjamoa hisobida IIV akademiyasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent Oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi Oliy texnika maktabi jamoalari keyingi o‘rinlarga loyiq topildi.
IIV akademiyasi jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi qoshidagi sport to‘garaklari a'zolarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.