Jahon | 09:55 / 23.05.2016
2386
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada vulqon otilishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi

 

Indoneziyada Sinabunga vulqoni otilishi natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi og‘ir ahvolda, deya xabar berdi  ABC News. 

Barcha qurbonlar xavfli mintaqadan taxminan to‘rt kilometr uzoqlikda joylashgan Gamber qishlog‘idagi fermalarda ishlayotgan bo‘lishgan. 

Qolgan aholiga zarar yetkazmaslik maqsadida harbiylar tez harakatlanuvchi qaynoq vulqon gazlaridan himoya qiluvchi temir to‘siqlar qurishdi. Aksariyat kishilar zarur buyum va mollarini olib, yashab turgan uylarini shoshilinch tark etishdi. 

Sinabung vulqoni 2010 yilda otilgunga qadar to‘rt yuz yil davomida harakatsiz bo‘lgan. 2010 yilda otilgan vulqon natijasida bu yerda ikki kishi halok bo‘lgan. 2014 yildagi vulqon otilishi natijasida 16 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Sinabung Indoneziya hududidagi 120ta vulqondan biri hisoblanadi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish