Jahon | 20:30 / 23.05.2016
5658
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbul aeroportidagi samolyot bortidagi "bomba" yozuvi tufayli parvozga chiqarilmadi

Otaturk nomidagi Istanbul xalqaro aeroportida Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortdagi tahdidona so‘z tufayli to‘xtatildi va yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi.

"Ekipaj aeroport xodimlarini mahalliy vaqt bilan soat 15:50da (Toshkent vaqti bilan soat 17:30) Qaysari shahriga uchishi kerak bo‘lgan samolyot hojatxonasida "bomba" so‘zini ko‘rishgani haqida xabardor qilgan", deyilgan aviakompaniya ma'lumotida.

Xabar qilinishicha, layner yo‘lovchilari evakuatsiya qilinib, terminalga olib borilgan. Hududda mutaxassislar tekshiruv boshlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish