O‘zbekiston | 18:23 / 23.05.2016
9734
1 daqiqa o‘qiladi

Ishtixon tumanida Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Bugungi kunda Samarqand viloyatida pensiya va nafaqa oluvchilarga jamg‘armaning tuman, shahar bo‘limlaridagi 276 xodim tomonidan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. 200 ga yaqin kompyuter va boshqa zarur texnik vositalar, mebel jihozlari berildi. Fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlash, ularning hajmini hisoblash, qonunchilikka asosan qayta hisob-kitob qilish va hisobga olish jarayonlari “Pensiya” dasturiy majmuasi asosida amalga oshirilmoqda.

Shu kuni yangi binoda viloyatning tuman va shaharlaridagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.