Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Xitoy vazirini orden bilan mukofotladi
22 kuni O‘rta Osiyo bo‘ylab turne doirasida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Bishkekka tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Van I qirg‘iz hamkasbi – Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda Kabar ma'lum qildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar Xitoy va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki taraflama hamkorlik masalalarini muhokama etdi.
Bundan tashqari, xitoylik vazir Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev bilan ham uchrashdi.
Davlat rahbari Qirg‘iziston va Xitoy hamkorligini rivojlantirish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida har tomonlama aloqalarni mustahkashga qo‘shgan hissasi, shuningdek, 500 kV quvvatli “Datka” podstansiyasi, 500 kV quvvatli “Kemin” podstansiyasi hamda 500 kV quvvatli “Datka-Kemin” elektruzatish liniyalari qurilishining muvaffaqiyatli yakunlanishi munosabati bilan Xitoy tashqi ishlar vazirini “Danakar” ordeni bilan taqdirladi.