Jamiyat | 19:11 / 23.05.2016
6071
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shiqchi Adelning yangi klipi bir sutkada million martaga yaqin tomosha qilindi

Buyuk britaniyalik xonanda, kompozitor, pop-jazz xonandasi Adel «Send My Love» nomli qo‘shig‘i klipida qimmatbaho libosda namoyon bo‘ldi. U Adelning «25» nomli musiqiy albomidan o‘rin olgan.  

Klip oddiy tarzda, qora fonda suratga olingan bo‘lib, ko‘proq Adelning qimmatbaho libosi, qo‘shiq mazmuni va xonandaning qo‘shiq musiqasi taktlariga mos raqs harakatlari tomoshabin e'tiborini jalb etadi. 

Klip bir sutka davomida 1 millionga yaqin tomosha qilingan

Sony Music kompaniyasi joriy haftada Adel bilan 90 million funt sterlingga shartnoma imzolash arafasida. Bu rekord darajadagi katta summa hisoblanadi.

Bu borada avvalgi rekordni Robbi Uilyams 2002 yilda 80 million funt sterlingga tuzilgan shartnomasi bilan o‘rnatgan. Keyingi natijani esa 70 million funt sterling bilan Uitni Xyuston band etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish