Jahon | 21:49 / 23.05.2016
4925
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov va Kerri jangarilarga birgalikda zarbalar berish imkoniyatini muhokama qilishdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat departamenti Jon Kerri bilan telefon orqali suhbatda Rossiyaning Suriyada tinchlik sulhiga amal qilmayotgan jangarilarga qarshi birgalikda operatsiyalar o‘tkazish taklifini muhokama qildi, deb ma'lum qilindi Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida.  

Lavrov Kerriga Vashingtonning "AQShga ro‘yxushlik qiluvchi otryadlarning tinchlik sulhi amal qilmaydigan "Jibhat an-Nusra" terrorchilaridan ajratib olinishiga" va'dasining bajarilishi zarurligiga ishora qildi. 

Lavrovning ta'kidlashicha, muxolif kuchlarning terrorchilardan ajratilishi yaqin orada bajarilishi kerak. 

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya AQShga 25 maydan Suriyada "Jibhat an-Nusra"ga qarshi birgalikda aviazarbalar berishni boshlashni taklif qilayotganini ma'lum qilgandi.

Biroq Oq uyda Rossiyaning taklifiga izoh berilmagan.