Fan-texnika | 09:41 / 23.05.2016
3764
2 daqiqa o‘qiladi

LG iPhone 7 Plus uchun qo‘shaloq kameralar yetkazib berishi mumkin


Apple kompaniyasining yangi iPhone 7 Plus’da amalga oshirmoqchi bo‘lgan eng katta o‘zgarishlaridan biri bu ikki obektivkali kamerani joriy etilishi bilan bog‘liqdir. Odamlar orasida aynan shu xususiyat ko‘proq muhokama qilinmoqda. Boshqa ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qo‘shaloq kameralardan allaqachon foydalanishni boshlashgan. Biroq Apple uchun bu yangilik bo‘ladi. 

Dastlab, ikki tomonlama obektiv tizim uchun modullarni yetkazib berish Sony’ga topshirilgan edi, biroq so‘nggi mish-mishlarga qaraganda, kompaniya belgilangan muddatgacha buni hal qila olmasligi mumkin. 

Endilikda Apple LG bilan shartnoma tuzish niyatida. Bu haqida Nomura Securities'li Kris Changning investorlarga qilgan ma'ruzasida ma'lum bo‘ldi.

Sony quyidagi sabablarga ko‘ra, Apple uchun qo‘shaloq kameralarni zaruriy miqdorda yetkazib bera olmasligi mumkin: birinchidan, kutilgandanda kichik daromad, ikkinchidan esa Kumamotodagi aprel oyi zilzilalari sababli ishlab chiqarishga yekazilgan zarar.  

Odatda Sony Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilarni modulli kameralar bilan katta muvaffaqiyat bilan ta'minlab keladi. Apple kompaniyasiga  LG komponentlari aniq yetkazilib beriladimi yoki yo‘q – sentabr oyida  Apple kompaniyasi iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmalarini namoyish etganida ishonarli tarzda ma'lum bo‘ladi.