Jahon | 18:43 / 23.05.2016
4994
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Putin Yuriy Chaykani yana 5 yil muddatga Rossiya bosh prokurori lavozimida qoldirishga qaror qildi

Vladimir Putin Federatsiya kengashiga Yuriy Chaykani Rossiya bosh prokurori lavozimida qoldirishga qaror qilgan. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Oxirgi vaqtlarda bu lavozimga turli nomzodlar da'vogar bo‘lgandi, ammo Chaykaning o‘z o‘rnida qolishi 95 foizga aniq edi, deyiladi RBK xabarida.

Yuriy Chaykaning vakolati muddati 22 iyun kunigacha, u 10 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelmoqda. Mamlakat IIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Savenkov uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy da'vogar sifatida qaralayotgandi.