Jamiyat | 23:27 / 23.05.2016
5508
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Shekspir kuniga sevgi maktublari uchun pochta bo‘limi ochiladi

Rossiya pochtasi Moskva markazida noodatiy pochta bo‘limi ochmoqchi. Bu bo‘lim orqali Uilyam Shekspir asarlarining eng mashhur qahramoni – Julettaga sevgi maktublari yo‘llash mumkin bo‘ladi.

Rossiya pochtasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, "Juletta pochtasi" deb nom oladigan bu pochta o‘z ishini Myasnitsk ko‘chasidagi Saltikov-Chertkovlar uyida o‘tadigan, Shekspir o‘limining 400 yilligiga bag‘ishlangan "Shekspir/sir/400" interaktiv ko‘rgazmasida boshlaydi.

"Ko‘rgazmaning may oyidan sentabrgacha ishi davomida tashrif buyuruvchilar o‘zlarining Julettaga muhabbatlari haqida aytish imkonini oladilar. Ular Julettaga xatni eksklyuziv pochta otkritkasida yozib, uni qadimiy palisandr qutisiga tashlashadi. Otkritka orqasida o‘zining manzilini to‘g‘ri ko‘rsatgan barcha Italiyaning Verona shahridagi yosh go‘zalning javobini olishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiya pochtasi ko‘rgazmaga ko‘mak berib, Veronada joylashgan Juletta klubiga barcha xatlarni  yetkazishni ta'minlab beradi. Bu klubga turli davlatlardan har yili 10 minglab xatlar keladi.

Juletta klubi (Club di Giulietta) rasmiy madaniy tashkilot bo‘lib, Verona shahrida joylashgan va kam sonli doimiy xodimlar va ko‘ngilli yordamchilardan tashkil topgan. Bu klubning yaratilishiga Shekspir qahramonlari, avvalambor Juletta nomiga bildirilgan maktublar asos bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish