Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama «Tolibon» yetakchisi yo‘q qilinganini tasdiqladi
AQSh prezidenti Barak Obama «Tolibon» terrorchilik tashkiloti yetakchisi mulla Axtar Mansur amerikalik harbiylar tomonidan berilgan aviazarba natijasida yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatgan.
U mulla Mansurning yo‘q qilinishi Afg‘onistonda tinchlikni ta'minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganini ta'kidlagan.
«Biz Amerika va koalitsiya harbiy kuchlariga qarshi fitna va hujumlarni rejalashtirishda, shuningdek, o‘z harakatlarini "Al-Qoida" kabi ekstremistik guruhlar bilan muvofiqlashtirgan holda afg‘onistonliklarga qarshi urush olib borishda davom etgan tashkilot yetakchisini yo‘q qildik. Endi afg‘on xalqida boshqa, farovon kelajakda yashash uchun imkon paydo bo‘ldi», — degan Obama.
U tashkilotning boshqa vakillarini tinch muzokaralarga chaqirgan.
Mulla Axtar Mansurning o‘ldirilgani haqida dastlabki xabarlar 21 may kuni kechqurun paydo bo‘ldi. U shu vaqtda Pokistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi Belujiston viloyati hududida AQSh harbiylariga tegishli bir nechta dron orqali o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida o‘ldirilgan.