Jahon | 17:49 / 23.05.2016
2696
1 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun qochqinlar sonini 2030 yilga kelib ikki baravarga qisqartirishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun xalqaro hamjamiyatni 2030 yilga kelib qochqinlar sonini ikki baravar kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

U bu haqda Istanbulda o‘tayotgan birinchi Butunjahon gumanitar sammitida aytib o‘tgan.

«Biz bu yerda o‘zgacha kelajak qurish haqida gaplashish uchun yig‘ildik. Men sizlarni 2030 yilga kelib, qochqinlar sonini ikki baravar qisqartirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga va qochqinlar masalasida uzoq muddatli yechimlar qabul qilishga chaqiraman», — dedi Pan Gi Mun.