Jamiyat | 17:41 / 23.05.2016
5935
1 daqiqa o‘qiladi

Putin yarim yildan buyon ilk marta Yevropa Ittifoqi mamlakatiga tashrif buyuradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-28 may kunlari Gretsiyaga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov bergan ma'lumotga asoslanib RIA Novosti xabar qildi. 

Kreml rasmiy saytida yozilishicha, tashrif davomida Putin prezident Prokopis Pavlopulos va bosh vazir Aleksis Tsipras bilan uchrashadi. 

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoya hamkorligi masalalari muhokama etilishi kutilmoqda. 

“Asosiy e'tibor madaniy-gumanitar hamkorlikka qaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 2016 yanvarda boshlangan Rossiya va Gretsiya Xoch yillari hamda 2016 yilda Afon muqaddas tog‘ida rus ishtirokining ming yilligini nishonlash masalalari muhokama qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish