Rim papasi dunyodagi eng yirik islom universiteti imomi bilan zo‘ravonlik va terrorchilikdan voz kechish masalalarini muhokama qildi
Rim papasi Frantsisk dunyodagi eng yirik islom universiteti, Qohiradagi Al-Azxar imomi shayh Axmad at-Toyib bilan zo‘ravonlikdan voz kechish zarurligi va terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. Muqaddas taxt matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda gap "Yerda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun eng yirik dinlarning yetakchilari va tarafdorlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari" haqida ketdi.
Matbuot bayonotida Vatikan Apostollik saroyida "katolik cherkov va islom o‘rtasida suhbat doirasida" yarim soatlik qabulning ahamiyati kattaligiga ishora qilingan. Jumladan, "nasroniylarni Yaqin Sharqdagi mojarolar va keskinlik kontekstida himoya qilish" masalasi ko‘rib chiqildi.
Suhbatda Rim papasining dinlararo suhbati kengashi prezidenti, fransuz kardinali Jan-Lui Toran ishtirok etdi. Imomga Kohirada joylashggan Al-Azxar universtiteti professorlaridan iborat katta delegatsiya hamda Misrning Muqaddas taxtdagi elchisi Sayf an-Nasir hamrohlik qildi. Ma'lum qilinishicha, At-Toyib Vatikanga tashrifidan keyin Parijga jo‘naydi.
Al-Azxar unirversitetida 100 dan ko‘proq davlatdan talabalar tahsil oladi. Joriy uchrashuv Rim papasining 2006 yilda sobiq papa Benedikt XVI’ning islom haqida aytgan haqoratomuz so‘zlaridan keyin Qohiradagi universitet imomlarining Vatikan bilan munosabatlarini to‘xtatishga olib kelgan vaziyatdan keyin islom bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi muhim qadamidek baholandi.