Rossiyaning birinchi kanali Maksim Galkin boshchiligida Amerikaning «avtomobildagi karaoke» ko‘rsatuvining analogini chiqardi
Birinchi kanal Maksim Galkinning «MaksimMaksim» deb nomlangan yangi shousini efirga uzatdi. Ko‘rsatuvning birinchi sonida Dima Bilan ishtirok etib, u boshlovchi bilan birga shahar bo‘ylab sayohat qildi va turli qo‘shiqlar kuyladi.
Bilan va Galkin Sting, Uitni Xyuston, Layma Vaykule, IOWA repertuarlaridan qo‘shiqlar xirgoyi qilishdi. Shuningdek, ko‘rsatuv mehmoni o‘zining «Tungi bezori» («Nochnoy xuligan») qo‘shig‘ini ham omma e'tiboriga xavola etdi.
Birinchi kanaldagi yangi ko‘rsatuvning bir qismi The Late, Late Show shousidagi komik Jyeyms Korden olib boradigan Carpool Karaoke ruknining analogidir. U avtomobilda sayr qilib, unga mashhur musiqachilarini taklif qiladi. Ular birgalikda muallifning o‘ziga tegishli hamda boshqa qo‘shiqlarni kuylashadi, shuningdek, quvnoq suhbat qurishadi.