Jamiyat | 18:16 / 23.05.2016
12865
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar 70 ta akula bitta kitga hamla qilganiga guvoh bo‘ldi

Avstraliya sohillarida Jyeraldtondan Brumga ikki haftalik kruiz-sayohat qilayotgan sayyohlar Derk-Xartog orolidagi Akula ko‘rfazida g‘aroyib hodisaga guvoh bo‘lishdi. 70 tadan ortiq akulalar ikki soat davomida bitta kitga hamla qilib, uni yeb bitirishdi. Biroq yirtqichlar ichida 15 nafar odami bo‘lgan ikkita olti metrlik qayiqlarga hech qanday e'tibor qaratishmadi. 

Akulalarning “taomlanishi” Eco Abrolhos kompaniyasi xodimlari tomonidan uchuvchisiz uchar moslamalar hamda suv osti kameralari yordamida video tasvirga olindi va Facebook ijtimoiy tarmog‘i sahifasiga yuklandi.