Jahon | 11:51 / 23.05.2016
4804
2 daqiqa o‘qiladi

Senegal prezidenti Qozog‘istonga birinchi marta rasmiy tashrif bilan keldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonaga ilk rasmiy tashrif buyurgan Senegal Respublikasi prezidenti Maki Sall bilan uchrashdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qildi. 

“Mamlakatlarimiz aro to‘liq hamfikrlilik mavjud. Bizning davlatimiz Senegal bilan barcha yo‘nalishlarda, siyosatda ham, iqtisodiyotda ham hamkorlikka tayyor. Sizning respublikangiz Afrikada muhim ahamiyatga ega davlat hisoblanadi va bu davlat bilan hamkorlik qilish biz uchun sharaf”, - dedi Nursulton Nazarboyev. 

O‘z navbatida Maki Sall Qozog‘istonga kelish taklifi uchun minnatdorchilik izhor qildi va ushbu tashrif ikki davlatlararo aloqalarni yaxshilashga umid qilishini bildirdi. 

“Men orqali Qozog‘iston bilan aloqa o‘rnatish istagidagi butun Afrikani ko‘rishingizni istardim”, - so‘zlari bilan iliq fikrlarini ma'lum qildi Senegal prezidenti. 

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalari, shuningdek, xalqaro va hududiy ahamiyatdagi masalalarni muhokama etdi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.