Jahon | 10:25 / 23.05.2016
4951
1 daqiqa o‘qiladi
Stoltenberg Rossiyaning agressiyasiga qarshi alyansning mustahkam sharqiy flangi turgani haqida gapirdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, sharqiy chegaralar yetarli darajada mustahkamligi evaziga Rossiya "hatto NATO a'zolariga hujum qilish haqida o‘ylay olmaydi". Bu haqda «Radio Polsha» xabar tarqatdi.
"NATOning sharqiy qanoti mustahkamligi Rossiyaning tajovuzkor siyosati qarshisida xavotirga tushmaslikka imkon beradi", deydi bosh kotib.
Uning ta'kidlashicha, NATO Rossiyaning harakatlariga javoban mudofaani mustahkamlamoqda, bunda vaziyat keskinlashishidan qochib, ochiq muloqot saqlashga urinmoqda.
«Bu biz sovuq urushdan so‘ng yaratishga uringan strategik hamkorlik emas. Shu bilan birga, bu ixtilof ham emas, bizga yangi sovuq urush kerak emas», — degan NATO bosh kotibi.