Jahon | 14:31 / 23.05.2016
3754
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Jabla va Tartus shaharlarida yuz bergan teraktlar tufayli 100dan ortiq kishi halok bo‘ldi

23 may kuni Suriyaning Jabla va Tartus shaharlarida sodir etilgan teraktlar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 100 nafardan ortiqni tashkil etdi.

Bundan oldinroq, Jabla shahridagi avtovokzaldagi 3ta portlash amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.

Shu vaqtda Suriyaning boshqa bir shahri Tartusda ham terakt sodir etilgan va kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Terakt terrorchi hudkush o‘zini portlatishi orqali amalga oshirilgan.

G‘arb OAVida berilgan xabarlarga ko‘ra, Lataqiya viloyati hududida joylashgan bu teraktlar tufayli jami 100dan ortiq kishi halok bo‘lgan.