14:50 / 23.05.2016
7919

“Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2015-2016 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovining hududiy mintaqaviy bosqich g‘oliblari aniqlandi.

2016 yilning 17-18 may «Tafakkur sinovlari» Respublika ko‘rik tanlovining mintaqaviy bosqichida birinchi guruhidan o‘rin olgan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti jamoalari o‘zaro bellashdi. Toshkent avtomobil yo‘llar institutida bo‘lib o‘tgan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti iqtidorli talabalar tomonidan nizomda ko‘rsatilgan beshta shart bo‘yicha qizg‘in savol javoblar, sahna ko‘rinishlari ko‘rsatib o‘tildi. Har bir jamoaning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan odilona baholanib borildi.

«Tafakkur sinovlari» ko‘rik tanlovining mintaqaviy bosqichida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti faollaridan tashkil topgan “Irrigator” jamoasi yuqori natija bilan 1-darajali diplom va Respublika bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi guruhda bellashgan O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti jamoalaridan Respublika bosqichida ishtirok etishga Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi munosib deb topildi.

Top