Jahon | 10:13 / 23.05.2016
3680
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandda yotoqxonada chiqqan yong‘in natijasida 17 qiz halok bo‘ldi

Tailandning shimoliy qismidagi yotoqxonadan chiqqan yong‘in natijasida 17 nafar qiz halok bo‘ldi, ikki nafari esa izsiz yo‘qoldi, deb xabar berdi BNO News.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat kechki 11larda Chiangray provinsiyasidagi Viang Pa Pao maktabida sodir bo‘lgan. 

Mahalliy politsiya bo‘limida halok bo‘lgan qizlar 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lishgani ma'lum qilingan. Shuningdek, 5 nafar qiz jiddiy jarohat olib, kasalxonaga yetkazilgan, 14 nafar qiz esa yong‘indan omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan. 

Hozirga qadar yong‘inning o‘chirilganligi ta'kidlandi. Uning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish