Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Sun: «Sanderlend»ning sobiq futbolchisi qamoqxonada sartaroshlik qilib, haftasiga 20 funt ishlamoqda
«Sanderlend» jamoasining sobiq futbolchisi, voyaga yetmagan qiz bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani uchun 6 yilga qamalgan Adam Jonson qamoqxonada sartaroshlik qilmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar yozgan.
Xabarda keltirilishicha, 28 yoshli Jonson kuniga 6 soatdan ishlab, haftasiga 20 funt topmoqda.
Bundan oldinroq Angliya terma jamoasining sobiq a'zosi Lidsdagi qamoqxonadagilar uning hayotiga tahdid solishganidan keyin Donkasterdagi qamoqxonaga ko‘chirilgandi.
Solishtirish uchun, futbolchi «Sanderlend»daligida haftasiga 60 ming funt ishlab topgan.