Sport | 15:57 / 23.05.2016
4275
1 daqiqa o‘qiladi

The Telegraph: «MYu» van Gaalni muddatidan oldin iste'foga chiqargani uchun 5 mln funt tovon puli to‘laydi

«Manchester Yunayted» jamoasi Lui van Gaalni muddatidan 1 yil oldin iste'foga chiqardi.

U bilan birgalikda klubni uning 3 nafar yordamchisi tark etgan.

The Telegraph nashrida yozilishicha, jamoa ushbu mutaxassis bilan shartnomasini muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilgani uchun 5 million funt miqdorida tovon puli to‘laydi. Bundan tashqari, van Gaalga Angliya Kubogidagi g‘alaba uchun 400 ming funt miqdorida mukofot beriladi.

Klubning ushbu iste'fo haqidagi rasmiy bayonoti Toshkent vaqti bilan soat 16.00da e'lon qilishi kutilmoqda.

24 may kuni esa van Gaalning o‘rnini Joze Mourino egallashi haqida e'lon qilinishi aytilgan.