Jahon | 09:38 / 23.05.2016
4167
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: “AQShdagi o‘qituvchilar o‘zlari bilan qurol olib yurishlari kerak”

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning ta'kidlashicha, mamlakatdagi ayrim maktablarda dars beruvchi o‘iqtuvchilar o‘zlari bilan qurol olib yurishlari kerak. Bunga sabab o‘quv dargohlariga qilinayotgan qurolli hujumlardir.

«Men o‘qotar qurollarni sinfxonalarda bo‘lishini istamayman. Ammo so‘nggi paytlarda ta'lim dargohlarida bo‘layotgan ishlar kishini hayron qoldirmay qo‘ymaydi.

Shu sabab istisno hollarda o‘qituvchilar o‘zlari bilan qurol olib yurishlari kerak», — dedi u.

Shu sabab shtatlardagi Milliy o‘q otish assotsiatsiyasi (NRA) Donaldni qo‘llab-quvvatlagan.