O‘zbekiston | 18:12 / 23.05.2016
4061
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Janubiy Koreyaning KNOC korporatsiyasiga neftgaz sohasida shartnomalar taklif etdi

"O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi Janubiy Koreyaning Korea National Oil Corporation (KNOC) kompaniyasiga, uglevodorod xomashyosi konlarini qidirib topish bo‘yicha yangi istiqbolli investitsiya bloklarini taklif etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi o‘zbek xoldingidagi manbasiga tayangan holda. 

Gap KNOC’ka topshirilgan Qashqadaryo viloyati Toshqo‘rg‘on va Dehqonobod tumanlaridagi bloklar bo‘yicha materiallar haqida bormoqda. Mazkur maydonlar zaxirasiga oid bashoratlar ma'lum qilinmagan. 

KNOC yaqin ikki oy ichida taqdim etilgan axborotlarni o‘rganib chiqib, ijobiy to‘xtamga kelgan taqdirda, hamkorlik shartlarini muhokama qilishni boshlaydi.