121 yoshli farg‘onalik Huvayda aya uzoq umr ko‘rish sirlarini ma'lum qildi
Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkizilayotgan «Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!» shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida "Hech kim mehr e'tibordan chetda qolmaydi" loyihasi davomida Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi Huvayda ayaning uyiga targ‘ibotchilar, el suygan san'atkorlar, shoirlar, yosh olimlar tashrif buyurishdi.
1. 1895 yil Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan.
2. 7 nafar farzandi, 36 nevarasi, 68 chevarasi bor.
3. Onaxonning eng kichik o‘g‘li 1961 yil. Eng katta farzandi 1932 yil.
4. Onaxon Farg‘ona kanali qurilishida xizmat qilgan. Kanal qurilishida ishlayotgan ishchilarga eng og‘ir ishni bo‘yniga olib, suvchilik qilgan, ularni ichimlik suvi bilan ta'minlagan.
6. Onaxondan uzoq yashashingizni siri nimada deb so‘raganimizda, “tishim butunligidan boshlab, faqat qotgan non yeganman, yumshoq non umuman yemanglar” deb javob berdi.
7. Huvayda ona umuman choy ichmaganlar, hozirgacha qaynatilgan suvni oz-ozdan ichadi.
8. Onaxon juda tetik, samimiy, hazul-huzul qilib gaplashib o‘tiradi, she'r aytib beradi. Qo‘lini bemalol ko‘tarib o‘yinga ham tushadi.
9. Onaxon boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarni bemalol eslay oladi va hozirgi yaxshi hayotning qadriga yetishga chaqiradi. Bolalariga, nevaralariga nasihat qiladi.
10. «Ayajon, biz mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida kelib, sizning mehmoningiz bo‘ldik, Xudo xohlasa, mustaqilligimizning 50 yillik to‘yida ham kelib, Sizdan xabar olish nasib qilsin», desak, «Ha, bolam, bemalol kelaveringlar, men anchadan buyon shu yerdaman» deb hazil-huzul qilib kuldi.
Videolavhani Bunyodkor yoshlar teleklubi operatori Ahror Olimjonov tayyorlagan.
Husanboy Ubaydullayev kun.uz sayti uchun maxsus.