Jamiyat | 16:29 / 24.05.2016
23705
3 daqiqa o‘qiladi

28-29 may kunlari Koreyaga ishga ketish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tadi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 2015 yil 17-18 noyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan (jyeton olgan) fuqarolar uchun 28-29 may kunlari test sinovlari bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi. Bu haqda bloger Sanjar Said postida ham batafsil keltirilgan.

Unga ko‘ra, test sinovlarida qatnashish istagida bo‘lganlar agentlik sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi.

Imtihonlar viloyatlar kesimida belgilangan jadval bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Ular ro‘yxatini quyidagi manzil orqali bilish mumkin:

Toshkent (2239)
Sirdaryo (7200)
Navoiy (7104)
Nukus (3219)

Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatida yashovchilar 28-29 may kunlari Yangiyer pedagogika kollejida (Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Shodlik MFY Sokisov ko‘chasi, Yangiyer akademik litseyi);

Navoiy, Samarqand, Farg‘ona viloyati fuqarolari Navoiy shahar 7 sonli maktab (Navoiy shahar, 10-kichik daha, Lomonosova ko‘chasi, Navoiy shahar 17- sonli maktab)da;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro Surxondaryo, Qashqadaryo vakillari Nukus Avtomobil yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, Muqumiy ko‘chasi 22-uy);

Toshkent shahar, Toshkent viloyati, Jizzax viloyati fuqarolari Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida (Toshkent shahar, Olmazor tuman, Umid ko‘chasi 16- uy) imtihon topshiradi.

Testlar 2016 yil 28-29 may kunlari ( shanba, yakshanba) bo‘lib o‘tadi.

Testga kirish vaqti:

Tushuntirish vaqti: soat 07:00 — 9:00; soat 9:00 – 10:00

Testga kirish vaqti:

Tushuntirish vaqti: soat 12:00 — 13:00; soat 13:00 – 14:00.

Test vaqti: soat 10:00 — 11:10

Test vaqti: soat 14:00 — 15:10

Barcha testda qatnashuvchi nomzodlar test kuni belgilangan vaqtda ( Birinchi qism soat 9:00 da va ikkinchi qism 13:00 da) belgilangan xonalarda joylashishlari shart.

Diqqat: Koreys tilidan bo‘lib o‘tadigan test sinovlarini sifatli, tartibli va samarali tashkil etish maqsadida Korea inson resurslarini rivojlantirish hizmati tomonidan 2016 yilga 2 ga bo‘lib o‘tkazilishini bildirib o‘tadi.

Yuqoridagi ro‘yxatga kiritilmaganlar ism-shariflari 2016 yili ikkinchi marta o‘tkaziladigan imtihongacha e'lon qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish