O‘zbekiston | 11:23 / 24.05.2016
6459
1 daqiqa o‘qiladi
Abdulaziz Komilov Tojikiston TIV rahbari bilan uchrashdi
23 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi va O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarning kun tartibi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.