Afg‘onistonda jangarilarning Qunduzga keng ko‘lamli hujum tayyorlayotgani haqida ma'lumot olishdi
Hukumatga qarshi kuchlar Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Qunduz viloyatiga keng ko‘lamli hujum uyushtirmoqchi. Bu haqda viloyat gubernatori Asadullo Umarxayl ma'lum qildi.
U NATOning "Qo‘llab-quvvatlash" missiyasi va AQShning Afg‘onistondagi harbiy kontingenti rahbari Jon Nikolson bilan uchrashuv vaqtida "Omari" amaliyoti o‘tkazilishi orqali tolibonlarning aprel oyida mag‘lub etilganiga qaramasdan ular kuch to‘plab, navbatdagi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, kutilayotgan hujumda "Tolibon", "Al-Qoida", "Jundulla" va IShID a'zolari bo‘lgan 4 mingga yaqin jangari ishtirok etishi mumkin. Bu jangarilar ayni vaqtda Qunduz, Bog‘lon, Samangan va Tohar viloyatlari hududlarida joylashgan. Umarxaylning aytishicha, jangarilar orasida Pokistondan kelgan jangarilar, o‘rta osiyoliklar, uyg‘urlar va chechenlar ham bor.
O‘z navbatida, Jon Nikolson xalqaro hamjamiyat mahalliy hukumatga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishiga ishontirgan.
"Bu yerga kim men bilan kelgan bo‘lsa, ularning barchasi Afg‘onistonning taraqqiyoti va manfaatlari uchun kelgan. Biz Qunduz aholisini himoya qilamiz", degan u.
Bu uchrashuvda gubernator va amerikalik generaldan tashqari, qabilalar oqsoqollari, diniy arboblar va hududdagi boshqa jamoat tashkilotlari yetakchilari ham ishtirok etgan.