Iqtisodiyot | 17:12 / 24.05.2016
4289
2 daqiqa o‘qiladi

Apple va boshqa texnologiya gigantlari 1.6 trln dollarlik naqd pul jamg‘armasiga yetakchilik qilmoqda

Amerikaning korporativ naqd pul mablag‘lari o‘sishda davom etmoqda, deb xabar qilmoqda SNN telekanali. 

Amerikaning yirik kompaniyalari o‘tgan yili 1.68 trln AQSh dollari miqdoridagi naqd pulga ega bo‘lgan, bu esa 2014 yilgi ko‘rsatkichdan birmuncha balandroq bo‘lsa-da, ikkinchi Buyuk iqtisodiy inqiroz (2008 yil)dan bir yil avvalgi raqamlardan ikki martaga ko‘pdir. 

Moody's agentligining Sarmoyadorlar xizmati taqdim etgan ro‘yxatda mingta kompaniya nomi keltirilgan bo‘lib, unda Apple, Microsoft, Google, Cisco va Oracle kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxatning boshida o‘rin olgan top beshlikning birgalikdagi naqd pul jamg‘armasi 504 mlrd dollarga teng. Bu ro‘yxatdagi korporatsiyalar ixtiyoridagi jami mablag‘ning 30 foizi demakdir. 

Shu bilan birga, 1,6 trln dollar naqd pul mablag‘ining 72 foizga yaqini xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ulardan Amerika g‘aznasiga soliq olinmagan.  Ayni shu muammo, ko‘plab amerikalik huquqshunoslar va prezidentlik nomzodlarining g‘ashini keltirmoqda. 

Amerika korporatsiyalari, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, Amerikaga qaytarilgan taqdirda 40 foizgacha tashkil etuvchi daromad solig‘ini to‘lamaslik uchun ham, "bir qism" mablag‘larini chet ellarda saqlashga majbur bo‘lmoqda. 

Xususan, Apple kompaniyasining yakka o‘zi o‘tgan yili xorijda 200 mlrd dollarga ega bo‘lgan. 2010 yilda bu raqam atigi 31 mlrd dollar bo‘lgani e'tiborga olinsa, soliqdan qochish tendensiyasi naqadar jiddiy tus olayotganini tushunish qiyin emas. Kompaniya aksariyat naqd mablag‘larini Irlandiyaga o‘xshash "soliq jannatlari"da saqlamoqda.