Jamiyat | 13:52 / 24.05.2016
4932
1 daqiqa o‘qiladi
Avtomashinaning davlat raqamini o‘g‘rilaganlar qo‘lga olindi
Toshkent viloyati, Zangiota tumani IIBga fuqaro H.G‘olib murojaat qilib, o‘zining “Gaz-53” rusumli avtomashinasi davlat raqam belgisi o‘g‘rilab ketilganini bildirdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
Ichki ishlar idoralari xodimlari huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni aniqlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rishdi. Ko‘p o‘tmay ushbu qonunbuzarlikni sodir etishda gumon qilinib, Angren shahrida yashovchi Q.Jamshid, Farg‘ona viloyatida yashovchi A.Jobir va A.Abdulla qo‘lga olindi.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.