Jahon | 14:46 / 24.05.2016
3924
2 daqiqa o‘qiladi

FIDe prezidenti Bashar Asadga moliyaviy yordam ko‘rsatmaganligini ma'lum qildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDe) rahbari Kirsan Ilyumjinov uni Suriya prezidentiga moliyaviy yordam ko‘rsatganlikda gumon qilib sanksiya ro‘yxatiga kiritgani uchun AQSh Moliya vazirligini sudga berdi.

FIDe prezidentining tasdiqlashicha, u AQSh Moliya vazirligi tomonidan yo‘llangan barcha savollarga javob bergan. Savollar soni 200 ta bo‘lib, ularning barchasi uni Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlik qilganlikda ayblab tuzilgan edi. Shaxmat federatsiyasi rahbari kerak bo‘lsa AQShga borishi, yolg‘onni aniqlaydigan maxsus detektor sinovidan o‘tishi, u hech qachon Suriya prezidentiga moliyaviy yordam ko‘rsatmaganligini tasdiqlagan. Ilyumjinov aynan nima uchun sanksiyaga tushib qolganligiga aniq javob olmagan. U 24 may kuni Vashington sudi ko‘rib chiqishi uchun zarur materiallarni AQShga jo‘natgan.

Ma'lumot uchun: Ilyumjinov FIDe prezidentligiga ilk bor 20 yil muqaddam saylangan edi. U shu paytga qadar olti marta bu lavozimga saylangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish