Light | 19:26 / 24.05.2016
37213
3 daqiqa o‘qiladi

Qorin chiqishiga sabab bo‘luvchi 5ta eng zararli odat

Mana issiq kunlarga ham eson-omon yetib keldik, siz esa haligacha o‘zingizni tartibga keltira olmadingiz, sevimli kiyimlaringiz egningizda chiroyli ko‘rinishiga qorningiz xalaqit bermoqda.  Agar siz o‘z ustingizda ishlasangiz, bunday yoqimsiz holatni chetlab o‘tib, shubhasiz kutilgan natijalarga erishasiz!

Ko‘proq meva va sabzavotlar iste'mol qilish, suv ichish, sport bilan shug‘ullanish, faol harakat qilish - bunday foydali odatlarni har kuni bajarishga odatlaning. 

Quyida e'tiboringizga qorin chiqishiga sabab bo‘luvchi 5ta eng keng tarqalgan zararli odatlar ro‘yxatini havola etamiz:

1. Gazli ichimliklar va shirin choy
Pechene bilan choy ichish yoki bir stakan kola organizmga ko‘plab zararli kaloriyalarni olib kiradi, ammo asosiy xavf ichimliklarni ichib bo‘lgandan so‘ng ishtahaning ochilib ketishi va sizning odatdagidan ko‘p yegulik iste'mol qilishingizdan kelib chiqadi. 

2. Katta idishlar
Agar insonning qo‘lida katta tarelka turgan bo‘lsa, har qanday taom miqdori unga kamdek ko‘rinishi tabiiy. Shu bois idish tanlayotganda adashmang. 

3. Juda kechki ovqat 
Ovqatni kech iste'mol qilish, undan keyin qorinda uxlash - bu muammoning bir tomoni. Ertalab turib qabul qilingan energiyani sarflab ulgurmay nonushta qilamiz. Mutaxassislarning fikricha, kechki ovqat va ertalabki nonushta orasida 12 soat vaqt o‘tishi kerak. 

4. Stressni yeb tashlaymiz
Juda keng tarqalgan odat - muammolarni shirinlik bilan yeb yuborish. Bu aslida insonga xotirjamlik keltirmasa-da, yengil qoniqish hissini beradi, chunki qon miyadan oshqozonga tushadi va inson biroz bo‘shashadi. Xuddi shu natijaga intensiv yugurish yoki zinadan yayov chiqish orqali ham erishish mumkin. Mutaxassislar jismoniy mashqlardan so‘ng horg‘in xayollar ikkinchi planga o‘tishini ta'kidlashdi. 

5. Foydali mahsulotlar
O‘ramdagi "yog‘siz" yoki "parhezbop mahsulot" yozuvini o‘qigan kishida bu mahsulotning albatta foydali ekanligi haqidagi tasavvur paydo bo‘ladi. Uning ustiga bunday mahsulotlar uchun ko‘proq pul to‘lanadi. O‘zingizni aldamang va parhezbop krekerlardan ko‘ra yaxshisi haqiqiy tortdan bir bo‘lak iste'mol qiling.