Jamiyat | 10:54 / 24.05.2016
5136
1 daqiqa o‘qiladi
Mastlik ta'sirida inson hayotiga zomin bo‘lgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
“Postda” nashrining yozishicha, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani IIB navbatchilik qismiga tumanning Daryo mahallasida janjal bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi. Ichki ishlar idoralari xodimlari voqea joyiga yetib borishganda shu tumanda yashovchi O.Botir mast holda fuqaro E.Alibekni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Zo‘ravon qo‘lga olinib, jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi. Lekin uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.