14:04 / 24.05.2016
4492

Navoiy shahrida “Yuksak ma'naviyatli avlod” festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ma'lumki, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi  tomonidan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari oldidan “Yuksak ma'naviyatli avlod” festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Joriy yilning 21 may  kuni Navoiy shahri «Yoshlar markazi»da viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur festivalda jami 180 dan ortiq ishtirokchi hamda 600 dan ortiq tomoshabin qamrab olindi. 

Festivalning viloyat bosqichi g‘oliblari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi. Albatta, bu kabi tadbirlar yoshlarimizni chinakamiga yuksak ma'naviyatli avlod bo‘lib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Top