Obama Vetnamdagi restoranlardan birida 6 dollarga ovqatlandi
AQSh prezidenti Barak Obama Vetnamdagi odatiy restoranlardan biriga tashrif buyurdi. Bu haqda Independent xabar bermoqda.
Barak Obama teleboshlovchi va bosh oshpaz Entoni Burden bilan birga Xanoydagi restoranlardan biriga kirdi. Ular lapsha va muzdek ichimlik buyurishdi. Ovqatlanish ularga 6 dollarga tushdi. Bosh oshpaz hisob qog‘ozi tushirilgan suratni o‘z tvitterida e'lon qildi. Mehmonlar plastikdan yasalgan oddiy stullarga o‘tirishgan. Ichkarida,shuningdek, oddiy aholi vakillari ham bo‘lgan.
Restorandan chiqavkrishda Obamani mahalliy aholi kutib oldi. Prezident ular bilan salomlashdi va limuzinga o‘tirib, jo‘nab ketdi.
Aslida, restoranga kirish rejalashtirilmagan edi. Jurnalistlarni ichkariga qo‘yishmadi. Suratlarni ichkridagi odamlar olishdi.