Jahon | 15:06 / 24.05.2016
4497
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda harbiy bazaga hujum qilgan 5 nafar ofitser oliy jazoga mahkum etildi

Pokiston harbiy tribunali, mamlakat harbiy dengiz kuchlarining 5 nafar ofitserini o‘lim jazosiga mahkum etdi. Ular 2014 yilda harbiy bazaga hujum uyushtirgani uchun shunday jazoga loyiq ko‘rilgan, deb xabar qilmoqda DAWN.

Ofitserlardan birining otasi aytishicha, ular IShID terrorchi guruhiga aloqadorlik, isyonda ishtirok etish va jinoiy til biriktirishda aybdor, deb topilgan. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hujum ishtirokchilari PNS Zulfiqar nomli harbiy kemani o‘g‘irlab, keyinchalik u bilan AQSh harbiy dengiz kuchlari yoqilg‘i quyish kemasiga hujum qilishni rejalashtirgan. Vaziyatga xavfsizlik kuchlari aralashgach, hujum qilganlardan ikki kishi o‘ldirilgan, hujum bartaraf etilgan edi.