17:22 / 24.05.2016
5745

Toshkentda Yevropa kinosi festivali boshlandi

23 may kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida IV Yevropa kinosi festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi raisi Yuriy Shterk ishtirok etdi.

Mazkur festivalda Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar, jumladan, Avstriya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Latviya, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Fransiya, Finlyandiya, Shevetsariya va Chexiya davlatlari kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan jami 17ta filmning namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Barcha namoyishlar 29 mayga qadar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tadi, kirish bepul.

Festival dasturi quyidagicha:

23 may

19:00 – «Makbet» (Buyuk Britaniya)

24 may

17:00 – «Mushuklarning boshi aylanmaydi» (Portugaliya)

19:00 – «Odaning kundaligi» (Germaniya)

25 may

17:00 – «Quchoqlashish maktabi» (Sloveniya)

19:00 – «Siniq shisha ustidagi raqslar» (Slovakiya)

26 may

15:00 – «Oq tun rangidagi Limuzin» (Latviya)

17:00 – «El Greko» (Gretsiya)

19:00 – «Opa» (Shvetsariya)

27 may

15:00 – «Mangulik va bir kun» (Gretsiya)

17:30 – «Ella Mayyar — ikki karra sayohat» (Shvetsariya)

19:00 – «Gippokrat» (Fransiya)

28 may

15:00 – «Bell va Sebastyan» (Fransiya)

17:00 – «Servus Ishk» (Avstriya)

19:00 – «Masxarabozlar» (Chexiya)

29 may

15:00 – «Niko va yulduzlarga yo‘l» (Finlyandiya)

17:00 – Karmonimdagi toshlar (Latviya)

19:00 – «Zi xonim» (18+) (Bolgariya).

Top