YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili o‘z missiyasini yakunlamoqda
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili R.Fuderich YUNISEF rahbari lavozimidagi faoliyatiga yakun yasamoqda hamda 2016 yil may oyi oxirida O‘zbekistonni tark etmoqda. Bu haqda u 2016 yil 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasining mehnat vazirligida Mehnat vaziri A.Abduhakimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qildi.
Uchrashuvda aholi o‘rtasida bandlik va ijtimoiy himoya sohalarida o‘zaro muvaffaqiyatli hamkorlik qayd etildi. R.Fuderich va A.Abduhakimov ijtimoiy himoya bo‘yicha BMT tashkiloti va O‘zbekiston hukumati vakillaridan iborat ishchi guruhga raislik qilishdi. Guruh tomonidan 2016-2017 yilga hamkorlik rejasi ishlab chiqildi. Idora rahbarlari ikki tashkilotning hamkorlikdagi ishlari shunday davom etishiga ishonch bildirishdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hamkorlikdagi amaliy tashabbuslar bo‘yicha aniq kelishuvga erishildi. Davlat tashkilotlari va BMT agentligining hamkorlikdagi besh yillik dasturi doirasida hisobotlar, yangiliklar, forum va analitik xabarlar, shuningdek, qariyalar, bolalar va imkonyati cheklangan kishilar masalasiga doir savollarni joylashtirish uchun veb-sayt yaratishga qaror qilindi.