Jamiyat | 15:30 / 24.05.2016
34265
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda ShHT sammiti qatnashchilari foydalanishi uchun Toshkentga keltirilgan Cadillac avtomobillari suratlari paydo bo‘ldi

Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida O‘zbekistonga olib kirilgan Cadillac rusumli avtomashinalar suratlari paydo  bo‘ldi.

Avtomobillar qayerdan olib kelingani va qayerga olib ketilayotgani haqida aniq ma'lumot yo‘q. 

Izohlarda avtomobillarni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ko‘rishgani aytiladi, avtomobillarning markasi Cadillac XTS.

Internet foydalanuvchilari bu avtomobillarning keltirilishi 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan ShHT Sammiti bilan bog‘liqligini, bu avtomobillar delegatsiya a'zolariga xizmat qilishi haqida taxmin qilishgan.

"Sizlarni bilmadimu, ammo men Vatanim bilan cheksiz faxrlanaman. Yashasin O‘zbekiston! Biz ShHT sammitini oliy darajada o‘tkazishimiz shubhasiz", deya izoh qoldirgan avtomobillar surati ostida Akmal Zakirov ismli foydalanuvchi.

Vadim Roumen Aziz Azizov niki ostidagi foydalanuvchi esa, "Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, rasmiy delegatsiyani "Damas" mikroavtobuslarida olib yurishmaydiku, axir", — deya ta'kidlagan.

Qolaversa, tarmoqda avtomobillarning ShHT sammitiga tayyorgarlik ishlari doirasida keltirilgani bo‘yicha hujjat ham paydo bo‘lgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish