Light | 21:59 / 25.05.2016
19349
4 daqiqa o‘qiladi

Hayotingizni tubdan o‘zgartiruvchi amaliy odatlar bilan tanishing

Ko‘pchilik insonlar o‘z hayotini chaynalgan plastinkaga o‘xshatadi. Ish, uy, do‘stlar davrasidagi dam olish kuni va yana ish. Qo‘shimchasiga, keyingi dushanbagacha barchasi, albatta, o‘zgaradi, degan doimiy hayollar og‘ushida yuramiz. Biroq bilib qo‘ying, hech narsa o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi. Hayotga yangiliklar kiritish uchun ozgina ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. 

Quyida tavsiya etilayotgan odatlar bilan siz zerikarli hayotingizni yanada qiziqarliroq bo‘lishiga erisha olasiz.

Kiyim-kechak

Yangi kiyimlar sotib olishni sarmoya kiritish sifatida qabul qiling. Bu atrofdagilar sizning ko‘rinishingizga baho berishi uchun emas, balki o‘zingizga yanada qulaylik tug‘dirishingizga yordam beradi. Yaxshi, chiroyli va qulay libos sizga shunchaki yanada ko‘proq quvvat va qat'iyatni taqdim etadi. O‘zingizga bo‘lgan ishonch ortadi. 

Texnika

Iloji boricha, sevimli gadjyetlaringiz bilan bo‘lgan aloqani cheklashga odatlaning. Planshet, smartfon, leptop: har daqiqada bu texnika mahsulotlari sizning ongingizni ma'lumotlar oqimi bilan to‘ldirib tashlaydi. Uni qayerga berkitish kerak, deysizmi? Shunchaki, uxlashdan avval kitoblar o‘qing. Kun davomida tanaffuslar qilib, vaqtingizni texnikasiz o‘tkazishga harakat qiling. 

Ogohlik

Meditatsiya stressni kamaytirish va baxt garmonlarini ortishiga yordam beradi. Meditatsiya bu istalgan harakatni amalga oshirishdir. Shunchaki avtomatik harakatlarni o‘chirib qo‘ying. Qo‘llaringizni yuvayotgan paytingizda, uzoq o‘yga tolishdan voz keching va ko‘proq vaqtga e'tibor qarating. Suvni, sovun hidini his eting – hattoki shu arzimas harakat ham ajoyib va aniq shunday takrorlanmaydigan lahzadir. 

Kitob o‘qish

Adabiyot vazifalarni bajarishingizda sizga yaqindan yordam beradi. So‘z boyligini kengaytiradi va fikrlash doirasining turli qobiliyatlarini rivojlantiradi. Vaqtingiz yo‘qmi? Unday bo‘lsa, ta'limga yo‘naltirilgan  podkastlar (ovozli hujjat yoki videolar texnologiyasi) tinglang. Qisqa TED ma'ruzalari — o‘z fikrlaringizni me'yorida ushlab turishning samarali usulidir.

Kamroq rejalashtiring

Albatta, rejalar tuzish — qulay hayotning muhim bo‘lagi. Biroq chegaradan o‘tish yaramaydi:  ba'zan avvaldan tuzilgan rejalar juda ham murakaab bo‘ladiki, ongingiz ularni amalga oshirishdan bosh tortadi. 

Tik holatda ishlang

Bir yil avval tik turgan holatda mehnat qilishga mo‘ljallangan ish joylari chinakamiga muvaffaqiyatga erishdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turgan holatda ishlash ko‘plab muammolarni bartaraf etadi: bel va bo‘yin og‘rig‘i to‘xtaydi, ko‘zlar kamroq zarar ko‘radi. 

Ertaroq turing

Ko‘p insonlar tongni yomon ko‘rishadi. Bu tushunchaga qarshi kurashish kerak. Erta tongda turishning juda katta ijobiy tomonlari bor. Ertaroq uyg‘ongach, siz kun og‘irligini darhol o‘z nazoratingiz ostiga olasiz. Tonggi beshda uyqudan turish qiyinchilik tug‘dirsa-da, bu vaqtda siz gipersamaradorlikni o‘zingizda mujassam etasiz. To‘planib qolgan vazifalarni ham aynan erta tongda amalga oshirish juda foydali.