Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari dasturlash fanini o‘rganadilar
Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi kompyuterda dasturlashni boshlang‘ich sinflarda o‘tilishi shart bo‘lgan fanga aylantirishga qaror qildi. Bu haqda The Japan News xabar bermoqda.
Ushbu tashabbus 2020 yilda kuchga kiradi. 2021 yildan o‘rta maktablarda hozirdagidan ko‘ra hajmliroq dasturlash fani o‘tiladi. 2022 yilda Yaponiya hukumati ushbu darsni maktab dasturining o‘qitilishi shart bo‘lgan faniga aylantiradi. Hozircha esa boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bu fanni qo‘shimcha dars sifatida o‘rganishlari mumkin.
Nashrning ta'kidlashicha, Yaponiyaning ba'zi prefekturalarida bu fan allaqachon o‘qitilmoqda. O‘quvchilar dasturlash darslarini katta qiziqish bilan o‘rganmoqdalar.
Ushbu fanning maktab dasturiga kiritilishida asosiy muammo o‘qituvchilarda tegishli tajriba va bilimlarning yo‘qligi bo‘lmoqda. Bu muammoni yengishda IT-kompaniyalari va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan ma'ruzalar yordam berishi aytilmoqda.