Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Babayan Ekvator Gvineyasi va Kanadaga qarshi o‘yinlar uchun e'lon qilgan tarkibdan "Lokomotiv"ning 7 futbolchisi joy oldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi 2 iyun kuni Ekvator Gvineyasi hamda 7 iyun kuni Kanada milliy terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda terma jamoa safida hali maydonga tushmagan bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilgan.
Terma jamoa murabbiylar shtabi xorij chempionatlarida to‘p surayotgan milliy terma jamoa futbolchilariga chempionat o‘yinlari endi tugagani bois, kichik ta'til berishga qaror qilgan. Unga ko‘ra, Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), Aziz Haydarov ("Ash Shabob") hamda Sardor Rashidov ("Al Jaish") milliy terma jamoaning navbatdagi o‘yiniga chaqirilmadi. Xitoyning "Changchun Yatay" klubida to‘p surayotgan Anzur Ismoilov esa, jarohatidan qutulmagani bois, tarkibga qo‘shilmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvator Gvineyasi terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazsa, 7 iyun kuni Avstriyadagi yig‘in davomida Kanada milliy terma jamoasiga qarshi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ekvator Gvineyasi hamda Kanadaga qarshi o‘yinlar uchun taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov ("Piruzi"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv), Eldorbek Suyunov ("Nasaf");
Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov ("Buxoro"), Yegor Krimets ("Beyjing Guoan"), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv"), Shuhrat Muxammadiyev, Sherzod A'zamov (ikkisi "Nasaf"), Davron Hoshimov ("Paxtakor"), Akrom Komilov ("Bunyodkor");
Yarim himoyachilar: Azim Ahmedov, Javohir Sohibov (ikkisi "Paxtakor"), Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov, Otabek Shukurov (uchalasi "Bunyodkor"), Salamat Kutiboyev ("Buxoro"), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev, Server Jyeparov, Jasur Hasanov, Sanjar Shoahmedov (barchasi "Lokomotiv");
Hujumchilar: Igor Sergeyev ("Paxtakor"), Aleksandr Geynrix ("Ordabasi")